UZ

Ruscha-oʻzbekcha lugʻat (1983-1984)

„Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ (ruscha: ) — 1983-1984-yillarda chop etilgan ikki jildli ruschaoʻzbekcha lugʻat. Lugʻatni Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi nashrga tayyorlagan. Oʻzbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasida chop etilgan. Tahrir hayʼatiga Matyoqub Qoʻshjonov raislik qilgan. Lugʻat shu kungacha chiqarilgan eng keng koʻlamli ruscha-oʻzbekcha lugʻatlarning biri boʻlib, oʻzbeklar orasida rus tilining keng koʻlamda oʻrganilishiga hamda tarjimachilik sohasining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan.[1] Lugʻat kirill alifbosida yozilgan. 2013-yil lugʻatning yangi, qayta ishlangan nashri chop etildi.[2]

Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Ruscha-oʻzbekcha lugʻat (maʼnolari).

Ruscha-oʻzbekcha lugʻat

„Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ 1-jildining titul beti
Asl nomi Русско-узбекский словарь
Janr lugʻat
Til rus, oʻzbek
Nashriyot Oʻzbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi
Nashr etilgan sanasi 1983 (I jild)
1984 (II jild)
Sahifalar soni 808 (I jild)
800 (II jild)
Bosh muharrirlar

Lugʻatning birinchi jildiga 34 650, ikkinchi jildiga esa 32 170 soʻz kiritilgan. Lugʻatda soʻzlarga doir keng grammatik maʼlumotlar berilgan. Rus tilini oʻrganayotganlar uchun qiyinchilik tugʻdiradigan hollar va soʻzlarning grammatik formalari batafsilroq berilgan. Lugʻatda ekvivalent soʻzlar orqali tarjima asosiy oʻrin tutgan. Lugʻatda adekvat (aynan) tarjima mumkin boʻlmagan hollarda tushuntirishlardan foydalanilagan.

. . . Ruscha-oʻzbekcha lugʻat (1983-1984) . . .

Jild Nashr yili Jilddagi maqolalar qamrovi
I 1983 АО
II 1984 ПЯ

„Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ toʻrt jildli „Rus tili lugʻati“ga (ruscha: ) (1957-61) asoslangan. Qoʻshimcha manbalar sifatida Sergey Ojegovning „Rus tili lugʻati“dan (ruscha: ) (1973), „Rus tili lugʻati“ (ruscha: ) nomli 17 jildli akademik lugʻatdan (1950-60), „Orfografik lugʻat“dan (ruscha: ) (1980), „Radio va televideniye ishchilari uchun urgʻular lugʻati“dan (ruscha: ) (1971), „Maqol va matallar lugʻati“dan (ruscha: ) (1975), „Rus tilining frazeologik lugʻati“dan (ruscha: ) (1967), „Ruscha-qorachoy-bolqorcha lugʻat“dan (ruscha: ) (1965), „Ruscha-chuvashcha lugʻat“lardan (ruscha: ) (1975), shuningdek, „Ruscha-fincha lugʻat“ (ruscha: ) (1963), „Ruscha-rumincha lugʻat“ (ruscha: ) (1967) va boshqalardan foydalanilgan.

Lugʻatni zamonaviylashtirishda „Yangi soʻzlar va maʼnolar“ (ruscha: ) nomi bilan N. Z. Koteleva tahriri ostida nashr etilgan (1973, 1980, 1981) lugʻatlar katta rol oʻynagan.

Atamalarning maʼnolarini aniqlash uchun „Katta sovet ensiklopediyasi“dan (ruscha: ) (1969-78), „Sovet ensiklopedik lugʻati“dan (ruscha: ) (1980) va „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“dan (1970-80) foydalanilgan.

Lugʻat ikki bosqichda tuzilgan. Avval rus tilining izohli lugʻatlari asosida ruscha soʻzlik ishlab chiqilgan. Soʻngra tayyor soʻzlik asosida lugʻat maqolalari tuzilgan.[3]

. . . Ruscha-oʻzbekcha lugʻat (1983-1984) . . .

This article is issued from web site Wikipedia. The original article may be a bit shortened or modified. Some links may have been modified. The text is licensed under “Creative Commons – Attribution – Sharealike” [1] and some of the text can also be licensed under the terms of the “GNU Free Documentation License” [2]. Additional terms may apply for the media files. By using this site, you agree to our Legal pages . Web links: [1] [2]

. . . Ruscha-oʻzbekcha lugʻat (1983-1984) . . .

Back To Top