UZ

Saxa

Saxa Respublikasi (Yoqutiston) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Sharqiy Sibirning shimolida, hududining 1/3 qismidan koʻprogʻi Shimoliy qutb doirasida joylashgan. Novaya Sibir orollarini oʻz ichiga oladi. Maydoni 3103,2 ming km². Aholisi 948,1 ming kishi (2002). Poytaxti — Yakutsk shahri. 33 tuman, 13 shahar va 62 shaharcha bor.[1]

. . . Saxa . . .

Saxa — respublika. Respublika rahbari va ijroiya hokimiyat boshligʻi — prezident. Hokimiyatning oliy ijroiya organi — rais boshchiligidagi hukumat. Qonun chiqaruvchi organ — ikki palata (respublika palatasi va vakillar palatasi)dan iborat Davlat majlisi (Il Tumen).[1]

Saxa hududining 2/3 qismidan koʻprogʻini togʻ va yassitogʻliklar egallagan. Eng yirik togʻlari: Yuqori Yana, Cherskiy (Pobeda togʻi 3147 m — Saxadagi eng baland nukta), ular orasida YanaOymyakon togʻligi bor. Janubida Aldan togʻligi, gʻarbida Oʻrta Sibir yassitogʻligi, shimoliy va markazida YanaIndigirka, Kolima va Markaziy Yakutiya (Vilyuy) pasttekisliklari joylashgan. Foydali qazilmalardan oltin, olmos, temir rudasi, island shpati, yonuvchi gaz, neft konlari bor. Iklimi keskin kontinental; kishi sovuq, 8 oy davom etadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Saxa markazida −34°dan −50° gacha. Shimoliy yarim sharning eng sovuqjoylari: VerxoyanskOymyakon (-72,2° gacha). Yozi qisqa, iliq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 18-19°. Yillik yogʻin −200-700 mm.

Saxa hududining yarmidan kupi Lena daryosi va uning irmoqdari — Aldan, Vilyuy, Olyokma havzasida. Shimolida Anabar, Olenek, Yana, Indigirka, Alazeya, Kolima daryolari oqadi. Daryolardan kema qatnovida, yogʻoch oqizishda, gidroenergiya olishda foydalaniladi. Saxaning koʻp qismi abadiy muzloq yerlardan iborat. Togʻli (muzlab yotgan) joylarda tayga tuproklari va togʻ tundra tuproklari uchraydi. Markaziy Saxada chimli oʻrmon, qumoq, allyuvialoʻtloqi tuproqlar, qolgan joylarda togʻoʻrmon va tundragleyli tuproklar tarqalgan. Hududning 9/10 qismi oʻrmon (aksari tilogʻoch) bilan qoplangan. Qutb tulkisi, olmaxon, oq quyon, tulki, sobol kabi moʻynali hayvonlar ovlanadi, suvlarida baliq koʻp. Saxa hududida Olyokma tabiiy qoʻriqhonasi, Mom, Siine, UstVilyuy, Lena tabiiy bogʻlari bor.[1]

Saxa (33,4 %), rus (50,3 %), ukrain (7 %), tatar (1,6 %), even, evenk, yukagir, chukcha va boshqa yashaydi. Shahar aholisi 64,2 %. Respublikaning davlat tili — saxa va rus tili. Dindorlarning aksariyati pravoslavlar. Yirik shaharlari — Yakutsk, Neryungri.[1]

Saxada yuqori paleolit davridan odam yashaydi. Mil. dastlabki asrlarda Saxa hududiga evenklarning ajdodlari koʻchib kelgan. 10-15-asrlarda Baykal atrofidan kelgan turkiy kabilalar bilan tub aholining aralashuvidan saxa xalqi tarkib topgan. 17-asrning 30-yillarida Saxa Rossiyaga qoʻshib olindi. 1632-yil ruslar Yakutsk qalʼasini qurib, oʻlkani boshqarish markaziga aylantirdi. 19-asr 40ylarida Olyokma va Vitim daryolari boʻyida oltin konlari topildi. 19-20-asrlarda podsho xukumati Saxani siyosiy mahbuslar surgun qilinadigan joyga aylantirdi. 1922-yilda Rossiya Federatsiyasi tarkibida Yakutiya muxtor sovet resggublikasi tashkil etildi. Sovet hokimiyati bu oʻlkaning bebaho tabiiy boyliklarini butun mamlakat iqgisodiyotiga xizmat qildirdi. 1990 sentabrda respublikaning davlat suvereniteti eʼlon qilindi, 1991-yil oktabrda prezident lavozimi taʼsis etildi, 1991-yil dekabrda nomi oʻzgartirilib, Saxa (Yakutiya) Respublikasi deb ataladigan boʻldi.[1]

Konchilik va ishlab chiqarish sanoati iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Umumrossiya va jahon bozoriga noyob xom ashyo — mamont suyagi va bugʻu shoxi yetkazib beradi. 1990-2000-yillarda yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 53,5 %, qishloq xoʻjaliginingulushi 2,9 %, qurilishning ulushi 4,1 %, transportning ulushi 3 %, savdoning ulushi 7,1 % boʻldi. Barcha korxonalarning 65,3 % xususiy, 11,5 % davlatga qarashli.

Sanoatning asosiy tarmoklari: rangli metallurgiya (sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmining 77,4 %), yoqilgʻi (10,3 %), elektr energetika (7,4 %), oziq-ovqat (2,2 %), oʻrmon, yogochsozlik va sellyulozaqogʻoz (0,7 %), binokorlik materiallari sanoati (0,6 %), mashinasozlik va metall ishlash (0,4 %), yengil sanoat (0,2 %). Energetika mahalliy kumir, tabiiy gaz, gidroenergiya zaxiralari va keltirilgan neft asosida ishlaydi (Vilyuy GES, Yakutiya, Neryungri va Chulman GRESlari). Konchilik sanoatida olmos, oltin, qalay, surma, simob, volfram, koʻmir qazib olinadi. Jatay shaharchasida kemasozlik va kema taʼmirlash zavodi, Lena va Olyokma tumanlarida oʻrmon sanoati rivojlangan.

Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotining 27,8 % dehqonchilikka, 72,2 % chorvachilikka toʻgʻri keladi. Saxa hududining taxminan 900 ming gadan foydalaniladi. Bu yerlarning asosiy qismi pichanzor va yaylov, 1/10 qismi haydaladi. Chorvachiligida qoramol, ot, bugʻu boqiladi, moʻynabop darrandachilik va ovchilik (olmaxon, tulki, oq suvsar, ondatra, oq kuyon, sobol boqish va ovlash) rivojlangan; baliq ovlanadi. Dehqonchilikda gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli), kartoshka, sabzavot ekiladi. Transportning barchaturlari mavjud. Transport yoʻli uzunligi — 165 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 7190 km. Ichki suv yoʻllari uz. — 11,7 ming km. Lena va Kolima daryolari quyilish joyida 2 ta dengiz porti (Tiksi va Zeleniy Mis), Yakutskda xalqaro aeroport, Taas-Tumus-Yakutsk-Pokrovsk gaz quvurlari bor. Shimoliy dengiz yoʻli boʻylab kemalar qatnaydi.[1]

. . . Saxa . . .

This article is issued from web site Wikipedia. The original article may be a bit shortened or modified. Some links may have been modified. The text is licensed under “Creative Commons – Attribution – Sharealike” [1] and some of the text can also be licensed under the terms of the “GNU Free Documentation License” [2]. Additional terms may apply for the media files. By using this site, you agree to our Legal pages . Web links: [1] [2]

. . . Saxa . . .

Back To Top