UZ

Shanxay hamkorlik tashkiloti

Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shaxrida 6 mamlakat — Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (15-iyun 2001-yil). SHHTning vujudga kelish tarixi „Shanxay beshligi“ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bogʻliqdir. Dastlab Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari („Shanxay beshligi“) uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Unda chegaradosh mamlakatlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash (1996) va qoʻshma chegarada qurolli kuchlar va qurolyarogʻlarni qisqartirish (1997) toʻgʻrisida 2 ta bitim imzolangan edi. 1998-yildan „beshlik“ mamlakatlarining oʻzaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi — Xitoy chegarasi boʻylab harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va koʻp tomonlama iqtisodiy hamkorlikni taʼminlash choralariga oʻtishga qaratildi. SHHTning Dushanbe (2000) sammitida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda „beshlik“ negizida koʻp tarmoqli tashkilot tuzish toʻgʻrisida taklif ilgari surildi. SHHT taʼsischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida (2001-yil iyun) yangi tashkilotning maksad va prinsiplarini eʼlon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, Terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilindi. Tashkilotning SanktPeterburgda boʻlgan 2-sammitida (2002-yil iyun) ustav hujjati — SHHT Xartiyasiga imzo chekildi. SHHT ning oliy organi Davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot strukturasi Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat (Pekin shahrida joylashgan) hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT; Toshkent shahrida joylashgan)dan iborat. Mintakaviy aksilterror tuzilmasi 1-yanvar 2004-yildan faoliyat koʻrsatadi. Mazkur tuzilma zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qoʻmitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orkali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Shu maqsadda tuzilma tarkibida kengash va ijroqoʻm faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Kengashga 6 davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining vakillari kiritilgan. Ijroqoʻmda esa oʻzaro tasdiqlangan lavozim oʻrinlariga muvofiq SHHTga aʼzo davlatlardan vakillar ishlaydi. SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining 2004-yil 17-iyunda Toshkentda boʻlgan majlisida Tashkilotning shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻg’risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doyr hujjatlar imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasining Tashkilotga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yangi taxdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini oʻtkazib turish haqidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi. SHHT aʼzo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir. Iqtisodiy hamkorlik borasida oldinda transport infratuzilmasini rivojlantirish, tabiiy, mineral xom ashyo zaxiralarini oʻzlashtirish, suv energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, ekologiyaga oid va boshqa masalalar bor.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti
上海合作组织
Fayl:SCO logo.svg
ShHT emblemasi
  toʻlaqonli aʼzolar
  kuzatuvchilar
  Muloqot sheriklari
Shtab-kvartirasi Pekin, XXR
Aʼzolari 9 aʼzo davlatlar
3 kuzatuvchi davlatlar
Rasmiy tillari Rus, Xitoy
Ijro etuvchi sekretari Oʻzbekiston Vladimir Norov
Tashkil etilgan sanasi 14-iyun2001-yil
Rasmiy sayti http://www.sectsco.org/

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) — Xalqaro regional tashkilot.

ShHT ijro etuvchi sekretari — Dmitriy Mezentsev (2012).

. . . Shanxay hamkorlik tashkiloti . . .

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar — Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron.

Tashkilot faoliyati 1996 yilda Rossiya va Xitoy davlatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikdan boshlangan. Shu yili ShHT aʼzoligiga Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va 2001 yilda Oʻzbekiston kelib qoʻshilgan.

ShHT ning boshqa Sobiq SSSR hududi joylashgan regional tashkilotlardan farqi ushbu tashkilotga MDH davlatlaridan tashqari unga Xitoy, Hindiston va Pokiston ham qoʻshilgan.

Eron islom respublikasi endi toʻlaqonli aʼzo.

Shanxay hamkorlik tashkilotining kuzatuvchi davlati Moʻgʻuliston kiradi.

Sana Davlat Oʻtkazilgan joyi
1 26271996 Xitoy Shanxay
2 24251997 Rossiya Moskva
3 341998 Qozogʻiston Almati
4 25261999 Qirgʻiziston Bishkek
5 45-iyun2000 Tojikiston Dushanbe
6 1415-iyun2001 Xitoy Shanxay
7 7-iyun2002 Rossiya Sankt-Peterburg
8 28-29-may2003 Rossiya Moskva
9 17-iyun2004 Oʻzbekiston Toshkent
10 5-iyul2005 Qozogʻiston Nur-Sulton
11 14-15-iyun2006 Xitoy Shanxay
12 16-avgust2007 Qirgʻiziston Bishkek
13 28-avgust2008 Tojikiston Dushanbe
14 1516-iyun2009 Rossiya Yekaterinburg
15 1011-iyun2010 Oʻzbekiston Toshkent
16 1415-iyun2011 Qozogʻiston Ostona
17 67-iyun2012 Xitoy Pekin
18 1314-sentyabr2013 Qirgʻiziston Bishkek
19 1112-sentyabr2014 Tojikiston Dushanbe
20 910-iyul2015 Rossiya Ufa
21 23-iyun24-iyun2016 Oʻzbekiston Toshkent
22 8-iyun9-iyun2017 Qozogʻiston Ostona
23 9-iyun10-iyun2018 Xitoy Sindao
24 2019 Qirgʻiziston Bishkek
25 2020 Rossiya Chelyabinsk

|- | 26 || 2021 || Tojikiston || Dushanbe |}

. . . Shanxay hamkorlik tashkiloti . . .

This article is issued from web site Wikipedia. The original article may be a bit shortened or modified. Some links may have been modified. The text is licensed under “Creative Commons – Attribution – Sharealike” [1] and some of the text can also be licensed under the terms of the “GNU Free Documentation License” [2]. Additional terms may apply for the media files. By using this site, you agree to our Legal pages . Web links: [1] [2]

. . . Shanxay hamkorlik tashkiloti . . .

Back To Top