UZ

Sherbaqti (tuman)

Sherbaqti tumani — Pavlodar viloyatining tarkibidagi tuman. Aholisi 2012-yilgi statistika boʻyicha 21,349 kishi, Maydoni 6,9 ming km2. Tuman markazi — Sherbaqti qishlogʻi.

Sherbaqti tumani
Шарбақты ауданы
tuman
Tarkibida Pavlodar viloyati
Maʼmuriy markazi Sherbaqti
Asos solingan sanasi 1928-yil
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2012) 21 349[1]
Millatlar tarkibi Qozoqlar – 41,36%
Ruslar – 34,83%
Ukrainlar – 11,74%
Olmonlar – 6,82%
Tatarlar – 1,7%
Beloruslar – 0,84%
Ingushlar – 0,75% [1]
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 6,9 ming km²
Soat mintaqasi UTC+6
Pochta indeksi 141100-141113[2]
Avtomobil raqami kodi S, 14

. . . Sherbaqti (tuman) . . .

1928-yili 17-yanvarda tarkibida shu paytda Volodarskiy deb nomlanuvchi hozirgi Sherbaqti tumani ham mavjud, jami 9 tumanni oʻz tarkibiga olgan Pavlodar okrugi tashkil topdi. Sherbaqti tumanining markazi Voznesenka qishlogʻi boʻldi. 1930-yillarning boshida Sherbaqti tumani Sharqiy Qozogʻiston viloyatining tarkibida boʻldi. 1938-yining 15-yanvaridan boshlab Pavlodar viloyatining tarkibiga kirdi. 1930-yillarning boshidan chegaralar doimiy ravishda oʻzgarishga uchrab turdi va qishloq-sovetlarga boʻlindi. 1944-yilning 8-mayida tuman Tsuryupinskiy va Galkinskiy boʻlib ikkiga boʻlindi. 1963-yilning 2-yanvarida Sherbaqti tumanining nomi Tsuryupiskiy tumanidan Sherbaktinskiy boʻlib oʻzgartildi. Markazi Sherbaqti qishlogʻi boʻldi, viloyat markazi Pavlodar shahridan 85 km uzoqlikda joylashgan. Tumanni Rossiya bilan bogʻlab turuvchi temir yoʻli mavjud.

Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil):[3]

Tuman aholisining soni 1999-yilda 29,0 ming kishini tashkil qildi, 2012-yilda esa — 21,3 ming kishi tashkil qildi.

Tuman shimoliy tarafidan Uspen tumani bilan, shimoliy-sharqida — Oltoy oʻlkasi bilan, janubiy tarafidan — Lebyaji tumani bilan, gʻarbida — Pavlodar tumanlari bilan chegaradosh.

Tuman iqlimi mutlaq kontinentalli. Tumanda bahor va yoz oylaridagi qurgʻoqchilik boʻladi, qish oyida qahraton sovuq boʻladi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −18º-19 °C, iyul oyiniki — +20º+21 °C. Tumanda asosan yogʻingarchilik bahor oylariga toʻgʻri keladi. Yogʻingarchilikning oʻrtacha miqdori 250–300 mm.

Tuman tarkibida 16 ta qishloq mavjud: Sherbaqti, Aleksandrovskiy, Alekseevskiy, Galkinskiy, Jilbulaq, Ilichyovskiy, Krasilovskiy, Qarabiday, Nazarovskiy, Orlovskiy, Severniy, Sosnovskiy, Tatyanovskiy, Xmelnitskiy, Chigirnovskiy, Shalday. Qishloqlarning pochta indekslari: Aleksandrovka — 141101; Alekseevka — 141102; Bogodarovka — 141103; Galkino — 141104; Krasilovka — 141105; Nazarovka — 141106; Orlovka — 141107; Saxnovka — 141108; Severnoe — 141109; Sosnovka — 141110; Tatyanovka — 141111; Xmelnitskoe — 141112.

. . . Sherbaqti (tuman) . . .

This article is issued from web site Wikipedia. The original article may be a bit shortened or modified. Some links may have been modified. The text is licensed under “Creative Commons – Attribution – Sharealike” [1] and some of the text can also be licensed under the terms of the “GNU Free Documentation License” [2]. Additional terms may apply for the media files. By using this site, you agree to our Legal pages . Web links: [1] [2]

. . . Sherbaqti (tuman) . . .

Back To Top